
«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann yozgi transferlar vaqtida klubdan ketmasligi haqida rasman e’lon qildi, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Kelajagim borasidagi savollar jonimga tegdi. CAS «Atletiko»ga transferlar bo‘yicha taqiq qo‘ygan.
Klub yangi futbolchilar ololmaydigan bo‘ldi. Men maslahatchilarim bilan kelishgan holda, jamoada qolishga qaror qildim.
Hozir klub qiyin davrda. Agar men hozir ketsam, bu klub uchun jiddiy zarba bo‘lardi. Biz «Atletiko» bilan vaziyatni muhokama qildik, men yangi mavsumda ham Madridda bo‘laman», – degan Grizmann ESPN muxbiriga.
Ushbu futbolchi yozda «Manchester Yunayted»ga o‘tish arafasida edi. Ammo «Atletiko»ga muammoga duch kelgach, u manchesterliklar jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinoga qo‘ng‘iroq qildi va bora olmasligi sababini bildirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar