O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 12 iyun kuni Tehronda joylashgan «Ozodi» stadionida JCh-2018 saralashining Osiyo mintaqasida 8-turi doirasda Eronga qarshi muhim uchrashuvda maydonga tushadi.
Ushbu o‘yindan oldin, 11 iyun kuni matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan emas, uning yordamchisi Viktor Jalilov ishtirok etgan. Anjumanga terma jamoa etakchilaridan biri emas, «Qo‘qon-1912» futbolchisi Murod Xolmuhamedov kelgan.
«Guruhda hali hech narsa hal bo‘lmagan. Jamoalarning ikkitadan ortiq to‘p farqi bilan g‘alaba qozonmagani raqobat kuchli ekanidan dalolatdir.
Guruhimizda asosiy kurash Eron, Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida kechmoqda. Suriya, Xitoy va Qatar esa yaxshi o‘yin ko‘rsatib, yuqoridagi jamoalarga muammolar tug‘dirmoqda.
2012 yil Eronni o‘z maydonida yutganmiz, demak, har qanday jamoani mag‘lubiyatga uchratish mumkin. To‘g‘ri, Eron so‘nggi saralash bosqichida hali gol o‘tkazmadi, lekin bu futbol va unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Nima uchun biz Eronga gol urmasligimiz kerak? Buni uddalay olamiz deb o‘ylayman», deya Jalilovning so‘zlarini keltirgan O‘FF matbuot xizmati.
«Toshkentda deyarli tengma-teng o‘yin guvohiga aylangandik. O‘zbekiston g‘alaba uchun maydonga tushgandi, biroq hakamlarning kutilmagan qarori tufayli standart vaziyat belgilangan va davrozamizdan to‘p olib chiqqandik. Eron tarkibidan alohida bir o‘yinchini ajratmagan bo‘lardim. Raqib jamoaviy o‘yin namoyish qiladi. Aytishim mumkin bo‘lgani, himoya chizig‘i kuchli va tartibli o‘yin ko‘rsatadi. Eron terma jamoasi va shaxsan Karlush Keyrushga tayyorlab qo‘ygan sovg‘amiz bor. Umid qilamanki, ertaga g‘alaba qozonib, Toshkentga 3 ochko bilan qaytamiz», degan Murod Xolmuhamedov.
Samvel Babayan matbuot anjumaniga kelmagani sababi ma’lum emas. Eronga qarshi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:45da boshlanadi, O‘zbekiston termasi maydonga ko‘k, Eron oq rangli liboslarda tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi