19:03 / 18.06.2017
5 647

Futboldagi korrupsiya, O‘zbekiston termasi va Rossiya 2018 yilgi mundiali…

Futboldagi korrupsiya, O‘zbekiston termasi va Rossiya 2018 yilgi mundiali…
Shveysariya prokuraturasi Jahon futbol federasiyasi FIFAdagi korrupsiya holatlarini tekshirmoqda.
Ushbu tergov ishlari kelasi yilda Rossiyada o‘tkazilishi mo‘ljallangan jahon chempionatiga ta’sir qilmasa bo‘lgani edi. Ma’lumki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi so‘nggi saralash bosqichidagi 4 ta mag‘lubiyatga qaramay (ikki bor Eron, bir bor Janubiy Koreya va Suriya terma jamolari bilan o‘yinda) hali ham ushbu mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi.

Shveysariya bosh prokurori Mikael Lauber FIFA va futbol bo‘yicha jahon chempionatlari bilan bog‘liq korrupsiya holatlariga doir 25 ta tergov ishini olib borayotganini bildirdi. Lekin u aynan qanday ishlar tergov qilinayotgani haqida aytmadi.

Lauber, shuningdek, Rossiya hamda Qatar yutib chiqqan 2018 va 2022 yilgi jahon chempionatlarini o‘tkazish bo‘yicha tanlovlardagi qoidabuzarlik ehtimoli bilan ham shug‘ullanmoqda.
Prokurorning aytishicha, u hozirgacha pullarni noqonuniy o‘tkazish bilan bog‘liq 178 ta o‘tkazmalar haqida ma’lumotga ega.


Manba:1news.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futboldagi korrupsiya, O‘zbekiston termasi va Rossiya 2018 yilgi mundiali…