Chempionlar qaytdi: Toshkentda shaxmatchilarni yuzlab muxlis tantanali ravishda kutib oldi

Chempionlar qaytdi: Toshkentda shaxmatchilarni yuzlab muxlis tantanali ravishda kutib oldi

Samarqandda o‘tkazilgan 46-Jahon shaxmat olimpiadasida mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Toshkentda katta tantana bilan kutib olindi.

Chempionlarni poytaxtdagi “Shimoliy” vokzalida yuzlab muxlislar, yoshlar, shaxmat ishqibozlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari qarshi oldi. Tadbir tungi vaqtda o‘tkazilganiga qaramay, sportchilarni qutlash uchun vokzalga ko‘plab fuqarolar yig‘ildi.

Tantana davomida chempionlik kubogi va O‘zbekiston bayrog‘i alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Muxlislar milliy terma jamoa a’zolarini olqishlar bilan kutib olib, ularning tarixiy natijasini munosib nishonladi.

Qayd etilishicha, mazkur g‘alaba O‘zbekiston shaxmati uchun muhim natijalardan biri bo‘ldi. Terma jamoa a’zolari erishgan yutuq mamlakatda shaxmatga bo‘lgan qiziqish yanada ortishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar