14:02 / 20.06.2017
5 549

Babayan muxlislarni yana chuv tushirdimi?

Babayan muxlislarni yana chuv tushirdimi?
Xalqaro press-klubning 21 iyunda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etilishi kutilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan muxlislarni chuv tushirganga o‘xshaydi, deb yozadi Hordiq.uz.
championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, Samvel Babayan shu kunlarda Rossiyada bo‘lib, Konfederasiyalar kubogi musobaqasi o‘yinlarini bevosita kuzatib bormoqda.

«Babayansiz bu anjumanning nima keragi bor. Qizig‘i ham qolmadi», — deb yozmoqda Bahodir G‘aniev.
Qayd etish lozimki, Xalqaro press-klubning Feysbukdagi sahifasidagi asosiy savollar aynan Samvel Babayanga qaratilgan edi.
«Xalqaro press klubda bo‘ladigan bu muloqotni eshitib xursand bo‘ldim. Menda ham ba’zi bir savollarim bor aynan O‘FF va Milliy terma jamoa murabbiyi Samvel Babayanga.

1. Nima uchun terma jamoamizni so‘nggi o‘yinida Egor Krimes boshlang‘ich tarkibga tushirildi. Modomiki u Xitoyni Beyjin Goan klubida zahira o‘yinchisiku. OAV larda o‘qiymiz,eshitamiz Xitoyda umuman rasmiy o‘yinlarda ishtirok etishi muammo bo‘lib qoldiku. Undan ko‘ra o‘yin amaliyotiga ega boshqa futbolchi tanlansa bo‘lardiku!

2. Keyingi savolim termamiz murabbiyi Samvel Babayanga- Oxirgi o‘yinlarda ko‘p marotaba Stanislav Andreevni ko‘ryabmiz. Lekin uni boshqa shu pozisiyadagi o‘yinchilarga nisbatan bir bosh baland ekanligini ko‘rmadik. O‘zi Paxtakorda etakchilardan biri emasdi. Aynan nima uchun u asosiy tarkibda doim. Uni o‘rniga bir safar boshqa klublardan shu pozisiyadagi o‘yinchini sinab ko‘rilsa bo‘lmaydimi», — savolga tutgan Yo‘ldoshali Ravshanov.

Xalqaro press-klub vakillarining bildirishicha, matbuot anjumani International Hotel Tashkent mehmonxonasida emas, studiyada bo‘lib o‘tadi.
«Joy hamma muxlislarga etmasligi sababli, kirish faqat akkreditasiyalangan jurnalistlar uchun ruxsat etilgan. Xavotirga aslo o‘rin yo‘q, anjuman «O’zbekiston» teleradiokanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi», — ta’kidlashdi Xalqaro press-klub vakillari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Babayan muxlislarni yana chuv tushirdimi?