
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 14-turidan joy olgan «Paxtakor» — «Nasaf» o‘yinida va’da qilinganidek «Omadli muxlis» yutuqli o‘yini g‘oliblari aniqlandi.
Unga ko‘ra, super yutuq hisoblangan Damas avtomashinasini futbol ko‘rish uchun tashrif buyurgan ayol kishi — Zarifa Ismoilova yutib oldi.
iPhone smartfonlari esa erkak muxlislarga nasib qildi. Baxtiyor Nosirov, Aziz Husanov, Adham Omonov va Shuhrat Tojiboyev o‘z uyiga qimmatbaho sovg‘a bilan qaytadigan bo‘ldi.
Uchrashuvni kuzatib borgan «Daryo» xodimining ishontirib aytishicha, tanaffus vaqtida o‘tkazilgan «Omadli muxlis» shousi yakuniga etgach, muxlislarning katta qismi stadionni tark etish harakatiga tushgan va o‘yinning ikkinchi qismiga qolmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar