Konfederasiyalar kubogining dastlabki yarim finali yakuniga etdi. Unda Evropa va Amerika chempionlari bellashishdi. O‘yin teng kurashlar ostida kechdi, yakunda esa omi dehqon Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Rikardu Santushning qarorlari portugallarning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.
Birinchidan, Rikardu Santush jamoasiga penaltilar seriyasiga tayyorlamagan ko‘rinadi. Ehtimol, oldingi o‘yinlarda bo‘lgani kabi Ronaldu yoki boshqa bir etakchi futbolchining goli evaziga g‘alabani ilib ketishni niyat qilgandir. Ammo raqib Rossiya yoki Yangi Zelandiya emas, Chili edi. bosh murabbiy esa raqibning imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olishi lozim. Bugungi o‘yinda Santushga aynan ana shu jihat etishmadi. Portugallar penaltilar seriyasida noto‘g‘ri qarorlar qurboni bo‘lishdi.
E’tibor bering, portugallardan kimlar penaltini ura olmadi, Kuarejma, Moutino, Nani. Vaholanki, Rikardu Santush ikkinchi bo‘limda aynan ana shu uch nafar futbolchini maydonga tushirgandi. Va albatta, penaltilar seriyasida ham aynan shu futbolchilarga suyanishni niyat qilgandi. Biroq aynan u maydonga tushirgan futbolchilar 11 metrlik zarbani aniq bajara olishmadi. Bunda shak shubhasiz bor aybni Santush bo‘yniga olishi kerak.
Bundan tashqari, portugallarning shu bosqichgacha etib kelishida murabbiydan ko‘ra futbolchilarning hissasi kattaroq. Rikardu Santush alohida taktika o‘ylab topib, kuchli raqiblarni ham mos tarzda mag‘lub eta olmagan. Portugallar aksar o‘yinlarda birgina gol evaziga, omad evaziga zafar quchishgan. Bu safar ham shunday bo‘ldi, ehtimol, murabbiy hech bo‘lmaganda qarorni to‘g‘ri chiqarganida, ehtimol, yana Ronaldu yoki boshqa futbolchi yana gol kiritishi mumkin edi.
Nima bo‘lganda ham Ronaldu va uning do‘stlari shu erga kelganda to‘xtashdi. Endi ular finalni muxlis sifatida tomosha qilishadi. Aytgancha, ularda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritish imkoniyati ham bor agar yana omi dehqon xatoga yo‘l qo‘ymasa. Rikardu Santushni omi dehqon deganimga ajablanmang, men uni dehqonga o‘xshataman, mutaxassisga emas.
Manba: stadion.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?