19:32 / 02.07.2017
5 515

«Navbahor»ni davralar oralig‘ida 9 futbolchi tark etdi

«Navbahor»ni davralar oralig‘ida 9 futbolchi tark etdi
Davralar oralig‘ida «Navbahor» jamoasi bilan yana ikki nafar futbolchi xayrlashdi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mavsum arafasida namanganliklar jamoasi bilan shartnoma tuzgan Abduaziz Sultonov va Ro‘zimboy Ahmedov ikkinchi davrani boshqa jamoalarda o‘tkazishadi.

Sultonov birinchi davrada zaxirada qolib ketgan bo‘lsa, Ahmedov jarohat tufayli jamoaga deyarli yordam bera olmadi.

Bundan avvalroq ushbu klubdan 7 futbolchi: Akmal Ortiqov, Nodir Ashurmatov, Alisher Samatov, Tohir Shamsitdinov, Hasanboy Ergashev, Mansur Saidov va Timur Tolipov ketgandi.

Ularning ayrimlari chempionatning dastlabki qismida o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlashmagan, ba’zilari jamoadan ketishni o‘zlari istashgan.

«Navbahor» davralar oralig‘ida klubdan ketgan barcha futbolchilarning keyingi faoliyatida omad tiladi.

Jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov hozirda tarkibni kuchaytirish uchun muzokaralar o‘tkazmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Navbahor»ni davralar oralig‘ida 9 futbolchi tark etdi