Hujumchi Eldor Shomurodov faoliyatini Evropada davom ettiradi

Hujumchi Eldor Shomurodov faoliyatini Evropada davom ettiradi
Toshkentning “Bunyodkor” klubi iqtidorli hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiyaning “Krasnodar” jamoasiga o‘tishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, 22 yoshli futbolchi bilan muzokara jarayoni deyarli yakuniga yetib qolgan va Shomurodov shu yozda katta ehtimol bilan “qaldirg‘ochlar” safini tark etadi.

“Shomurodov – o‘zbek futbolining eng iste’dodli yoshlaridan biri. U kelajakda O‘zbekiston terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biriga aylana oladi”, deyiladi “Izvestiya” xabarida.

Ma’lumot uchun, u “Bunyodkor” safiga 2014 yilda qo‘shilgan bo‘lib, hozirda jamoaning yetakchilaridan biri hisoblanadi. Futbolchi O‘zbekiston terma jamoasi safidagi debyutini esa 2015 yili o‘tkazgan.

Ekspertlarning ma’lum qilishicha, Eldorning transfer qiymati 600 ming yevro atrofida bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar