
11 iyul, seshanba kuni "Paxtakor" futbol klubi barcha OAV vakillarini matbuot anjumaniga taklif qiladi.
Matbuot anjumanida jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilar - braziliyalik Tiago Bezerra, isroillik Gidi Kanyuk, o‘zbekistonlik o‘yinchilar Sherzod A’zamov va Eldor Suyunov bilan shartnoma imzolanadi va ular ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Tadbirda "Paxtakor" futbol klubi rahbariyati va bosh murabbiy Shota Arveladze ham ishtirok etadi.
11 iyul kuni "Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida soat 11:00 da boshlanadigan marosimga barcha turdagi OAV vakillarini taklif etamiz.
Manba: www.pakhtakor.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing