
O‘zbekiston terma jamoasi va “Bunyodkor” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Rossiyada davom ettirishi aniq bo‘ldi. Bu haqda CA xabar bermoqda.
Futbolchi Rossiya premer-ligasining "Rostov" klubiga ko‘chib o‘tdi. Shomurodovning yangi jamoa safiga yozda yoki qishda o‘tishi klublarning o‘zaro muzokarasidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosiga Rossiyaning bir qator klublari qiziqayotgani va "Krasnodar" klubiga o‘tayotgani ma’lum qilingan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar