
“Lester” jamoasi yarim himoyachisi Riyad Mahrez boshqa klubga o‘tmaydi. Bu haqda “tulkilar” bosh murabbiyi Kreyg Shekspir ma’lum qildi.
“Havotir olishning keragi yo‘q. To‘g‘ri, kuchli futbolchining jamoadan ketishi achinarli bo‘lardi. Lekin, Mahrezning aaldagi shartnomasi bor. Professional sifatida u kelishuv muddaini o‘tashi lozim. Uning transferi borasida hech qanday taklif olganimiz yo‘q”, – dedi Shekspir.
O‘tgan mavsumda jazoirlik futbolchi APL doirasida 36 o‘yin o‘tkazib, 6 ta golga mualliflik qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar