
Futbol bo‘yicha Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush 2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida o‘z jamoasining qatnashuvi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Mening orzum — guruhdan chiqish va pley-offda o‘ynash. Biz uchun bu juda muhim intilish. Biz kengroq miqyosda fikrlashimiz va ambisiyali bo‘lishimiz talab etiladi. Biz Rossiyaga aylangani borayotganimiz yo‘q axir», — deya Keyrushning so‘zlarini keltirmoqda Zero Hora nashri.
12 iyun kuni Tehronda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Eron milliy terma jamoasi Rossiya va Braziliyadan so‘ng JCh-2018ning uchinchi ishtirokchisiga aylangan edi.
Eron terma jamoasi ilgari 1978, 1998, 2006 va 2014 yilgi jahon chempionatlarida ham ishtirok etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar