
Avstriyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha shifokorlar o‘rtasidagi Morell Cup turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 1/8 finalga chiqdi.
A guruhidan o‘rin olgan o‘zbekistonliklar terma jamoasi ilk uchrashuvda AQSh vakillarini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi, ikkinchi o‘yinda avstraliyaliklar bilan durang o‘ynadi - 0:0.
Guruhdagi oxirgi uchrashuvda esa O‘zbekiston vakillari 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishib, ochkolari sonini 7 taga etkazdi va guruhda birinchi o‘rinni egallab, nimchorak finalga yo‘l oldi.
O‘zbekistonliklarning navbatdagi raqibi boshqa guruhlardagi natijalarga ko‘ra aniqlanadi.
Ma’lumot uchun, Leogang shahrida o‘tayotgan Morell Cup turnirida O‘zbekiston terma jamoasiga «Bunyodkor» klubida faoliyat yurituvchi Sergey Chigodaev murabbiylik qilmoqda.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar