12:34 / 13.07.2017
5 018

O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Xitoyda ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Xitoyda ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi
Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-15 asosiy terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Xitoyga etib bordi.

Turnir shu yilning 13–17 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston o‘smirlar termasi bilan birgalikda Xitoy, Chexiya va Yaponiya U-15 terma jamoalari qatnashadi. Quyida musobaqa taqvimi bilan tanishing.

O‘smirlar o‘rtasidagi Hua Shan Cup xalqaro turniri


13 iyul, payshanba
13:00 Chexiya – O‘zbekiston
16:35 Xitoy – Yaponiya

15 iyul, shanba
13:00 O‘zbekiston – Xitoy
16:35 Yaponiya – Chexiya

17 iyul, dushanba

13:00 Yaponiya – O‘zbekiston
16:35 Xitoy – Chexiya

Eslatma: Uchrashuvlarning boshlanish soatlari Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

Avval xabar berilganidek, Dilshod Nuraliev bo‘lajak turnirga 20 futbolchini jalb qilgan. Jamoa Xitoyda ilk mashg‘ulotini ham o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Xitoyda ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi