09:03 / 01.08.2017
5 533

Nokautchi Shohjahon AQShdagi jangga bormasligi sababini aytdi

Nokautchi Shohjahon AQShdagi jangga bormasligi sababini aytdi
Professional boksda o‘nta jangining barchasini nokaut bilan yakunlagan Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini AQShda o‘tkazishi haqida ma’lum qilgan edik.

Mashhur bokschimiz SPORTS.uz sayti bilan bog‘lanib, "Showtime" telekanali orqali namoyish etiladigan jangda o‘zi kabi o‘nta jangning barchasini nokaut bilan yakunlagan meksikalik Xorxe Rodrigesga qarshi ringga chiqishini aytgandi.

Biroq, Shohjahonning jangi professional boks kechasi ro‘yxatidan olindi. Buni sababini bilish maqsadida bokschi bilan bog‘landik.

- Aslida jangga tayyorman, - deydi Shohjahon Ergashev. - Farg‘ona viloyati tog‘larida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdim. Shuningdek, AQSh vizasini ham oldim. Lekin menejerim qo‘lingdagi jarohat butkul tuzalsin, keyin ringga chiqasan, deyapti.

Shohjahon Ergashev bir oy muqaddam chap qo‘lidan operasiya qilingan edi. Avvalgi jangidan oldin hamyurtimiz mashg‘ulot chog‘ida qo‘lini sindirib olgan va ringga singgan qo‘l bilan chiqqandi.

Uning menejeri Oleg Bogdanov AQShdagi janglar o‘ta muhimligi, raqib kuchli va tajribali nokautchi ekanini inobatga olib, Shohjahonning qo‘li to‘liq tuzalishini kutishni ma’qul ko‘rdi.

Mana shu omillarni inobatga olib, Shohjahon Ergashev jamoasi hamyurtimiz ishtirokidagi jangni sentyabr oyiga qoldirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nokautchi Shohjahon AQShdagi jangga bormasligi sababini aytdi