Mundial yo‘llanmasi hammaga kerak, Erondan boshqa. Va aynan mana shu jihat biz uchun anchagina xavotirli. Forslar bizga etkazishi mumkin bo‘lgan zarar meni Xitoy yoki Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlardan ko‘ra ko‘proq xavotirga soladi.
Futbolchilarga oxirigacha ishonib, umid berib, qo‘llab-quvvatlab turdik ham deylik. Ammo bu hali hammasi emas. Qarama-qarshi frontda eronliklar etkazishi mumkin bo‘lgan zararga ham tayyor turish kerak.
To‘g‘ri, ayb o‘zimizdan o‘tdi. Karlush Keyrush jamoasini na Toshkentda va na Tehronda taslim qildik. Oqibatda buning to‘lovlariga tayyor turishga majburmiz. Rossiya—2018 yo‘llanmasini muddatidan oldinroq qo‘lga kiritib bo‘lgan Karlush Keyrush men zaxira futbolchilarimni sinab olmoqchiman deb, asosiy figuralariga dam berishi mumkin, to‘g‘rimi? Ortda qolgan sakkiz turni bitta tempda o‘tkazib, o‘z darvozasidan birorta gol o‘tkazib yubormagan Eronga endi farqi yo‘q. Kimni olib chiqish o‘zining qo‘lida bo‘lib turganida, bemalol do‘st tanlash imkoniyatiga ega. Futbol shunday narsaki, bir necha o‘yinlar davom etgan an’ana darz ketib qolsa, futbolchilar ruhiy bosimni shunchaki qo‘yib yuboradi. Aytmoqchi bo‘lganim, 31 avgust kuni koreyaliklar Eron darvozasiga birinchi bo‘lib yo‘l topa olsa, forslarga endi umuman farqi bo‘lmay qolishi katta ehtimol.
To‘rt yil avvalgi mundial saralashini yaxshi eslaymiz. Eron eng kam imkoniyatga ega bo‘lib turganiga qaramay, so‘nggi turda Seulda 3 ochko ishlashning uddasidan chiqib, qandaydir fantastika ko‘rsatgandi. Bu holatni koreyaliklar ham eslab qolishgan. Hayot-mamoti hal bo‘layotgan va yangi murabbiy qo‘l ostida maydonga chiqib keladigan, futbolchilari Evropaning kuchli beshligida to‘p suradigan Koreya bitta xatoni ikkinchi bor qilishiga ishonish qiyin. Bundan qutulib qolishning yagona yo‘li safarda Xitoyni engish bo‘lib turibdi. Koreyaliklar biz uchun bir marta syurpriz uyushtirib, Dohada yengilib berdi. Ular o‘sha xatoni yana takrorlashiga ham ishonish mushkul.
Endi esa Suriyaga e’tibor bering. 31 avgust kuni ular Qatarni qabul qiladi. To‘g‘ri, qatarliklar ham umidni uzmagan. Biroq qayd etayotgan natijalaridan kelib chiqilsa, Suriya baribir xavfliroq ko‘rinadi. Agar jamoa birinchi missiyani uddalay olsa, Suriya so‘nggi turni Tehronda Eronga qarshi o‘tkazadi. Ha, yana o‘sha forslar. Ular 2012 yildagi mag‘lubiyat alamini ikki marta olgani etmaganidek, biryo‘la ko‘mib qo‘yishni istasa, ketma-ket ikki uchrashuvni yutqazib berishining o‘zi kifoya.
Jadvalga yaxshilab qaralsa, nazariy jihatdan uchinchi bo‘lish imkoniyati hammada bor. Shu vajdan kelib chiqib, barcha jamoaning so‘nggi ikki o‘yiniga nazar tashlab ko‘ramiz.
9-tur
Janubiy Koreya — Eron
Xitoy — O‘zbekiston
Suriya — Qatar
10-tur
O‘zbekiston — Janubiy Koreya
Eron — Suriya
Qatar — Xitoy
Faqatginu shu ikki tur haqida gap ketsa, eng oson missiya Qatarniki. Ular turnir jadvalining eng yaxshi uchligi bilan duch kelmaydi. So‘nggi turda Janubiy Koreyani taslim qilgan Qatar yaxshiroq harakat qilib yuborsa Suriya va Xitoyni ham er tishlatishi mumkin.
Endi Xitoyga qarang. Bizga qaraganda raqiblari osonroq. O‘zbekistonni o‘z maydonida qabul qiladi. Bosh murabbiy Marchello Lippi. Futbolchilari asosan Super liganing o‘zida o‘ynashi inobatga olinsa, tayyorgarlikni ham bizdan yaxshiroq ko‘rish uchun imkoniyati etarli. Bizda esa legioner futbolchilar terma ixtiyoriga ancha kech etib keladi.
Xullas, vaziyat ancha chalkash. Shu bois menda savol bor: O‘zbekiston terma jamoasi hozir nima uchun kurashmoqchi? Dastlabki ikki yo‘llanmadan birini qo‘lga kiritish uchunmi yoki 3-o‘rinni saqlab qolib, pley-offdan umid qilishmi? Birinchi variant uchun imkoniyatimiz etarli. 2 ta o‘yinni yutsak, marra bizniki. Agar ikkinchisi to‘g‘ri kelib qolsa, unda pley-offga jamoani boshqa shtab tayyorlashi kerak. Chunki bunda vazifa uddalanmagan bo‘lib chiqadi. Hozirgi shtab JCh saralashlarida to‘liq ishlagan birinchisi bo‘lib tarixga kiraveradi. Tamom!
Diyor IMOMXO‘JAEV
Manba: www.erudit-sport.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...