
«PSJ» klubi «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, knyazlik klubi parijliklarning 18 yoshli futbolchisi uchun taklif qilgan 190 million evro narxga rozilik bildirgan.
Ammo Mbappega qo‘shimcha to‘lanadigan bonuslar evaziga uning transferi «PSJ» «Barselona»ga Neymar uchun to‘lagan 222 million evrodan qimmatroqqa tushadi.
Natijada, Mbappening «PSJ»ga o‘tishi futbol tarixidagi yangi transfer rekordi bo‘lishi mumkin.
Oldinroq, parijliklar hujumchi bilan 5 yillik shartnoma tuzishga kelishib olgani, uning yillik maoshi barcha soliqlarni chiqarib tashlaganda 10 mln evro bo‘lishi xabar qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar