Kecha "Shanxay SIPG" hamda "Guanjou Evergrand" klublari o‘rtasida Xitoy Kubogi yarim finalining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov uchrashuvda gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
"Chongyaing Lifan"ga qarshi Xitoy chempionatining 22-tur bahsida o‘z hisobiga gol yozdirgan hamyurtimiz bu safar ham gol urishga erishdi.
Avvaliga hisobni "Guanjou Evergrand" futbolchisi Liu Szyan ochdi. 20 daqiqada u boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi.
Bahsning 55-daqiqasida Odil Ahmedov o‘zi boshlagan hujumni o‘zi yakunladi. O‘yinni so‘nggi daqiqalarida "Shanxay SIPG" o‘yinchisi Xe Guan "Guanjou Evergrand" darvozasini nishonga olib, yarim finalning ilk uchrashuvida shanxayliklarga g‘alaba keltirdi.
"Shanxay SIPG" - "Guanjou Evergrand" 2:1
Gollar: Odil Ahmedov 55, Xe Guan 90+1 - Liu Szyan 20.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...