Yamaykalik sprinter Useyn Bolt“Manchester Yunayted” va “Barselona” jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan xayriya uchrashuvida ishtirok etolmaydi.
Faoliyatini yakunlagach, o‘zini futbolda sinab ko‘rmoqchi ekanligini bir necha bor ta’kidlagan yamaykalik sportchi 2 sentyabr kuni “Old Trafford”da o‘tkaziladigan xayriya uchrashuvida maydonga tushishi kutilgandi.
“Afsuski jarohatim bois uch oy reabilitasiya o‘tashim lozim. Odatda men sog‘lig‘im bilan bog‘liq muammolarim haqida gapirmayman. Ammo bu safar juda ko‘p kishi haqiqatan ham jarohat olganligim haqida so‘rashdi. Men hech qachon o‘z muxlislarimni aldamaganman va mening jahon chempionatida (yengil atletika) so‘nggi bor ishtirok etishni juda istagandim”, deya Boltning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Guardian.
Eslatib o‘tamiz, Bolt 4x100 metrga estafeta yugurish bahslarida ishtiroki chog‘ida jarohat olgandi. Natijada sakkiz karra olimpiya chempioni faoliyatidagi so‘nggi musobaqasida yugurish chog‘ida jarohat oldi va finish chizig‘iga etib kela olmadi.
Manba: Championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas