O‘zbekistonlik shaxmatchi shveysariyalik xalqaro sport ustasini engdi

Xanti-Mansiyskda (Rossiya) o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 4-turi doirasida O‘zbekiston vakili Vohidov Shamsiddin shveysariyalik xalqaro sport ustasi Georgiadis Niko ustidan g‘alaba qozondi.
5-turda 13 yoshli Vohidov xitoylik 16 yoshli Vai Jinshi bilan bahs olib boradi. Har ikki shaxmatchi ayni paytda 3 ochkodan jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan.
Magichess.uz saytiga asoslanib Kun.uz xabar qilishicha, eng ko‘p ochkoni armanistonlik Karen Grigoryan va rossiyalik Mixail Antipovlar to‘plagan. 6 sentyabr kuni ular bir-biriga qarshi bahs olib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing