Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 9 sentyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida “Asian Fight – 2017” brendi ostida jang kechasi tashkil etiladi.
Unda 8 nafar o‘zbekistonlik jangchilar Singapur, Afg‘oniston, Rossiya, Hindiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Kipr mamlakatlarining jangchilari bilan kuch sinashishadi.
Tadbirga mashhur aktyor va jang sanati ustasi Jan-Klod Van Damm, MMA jangchilari Jeff Monson va rossiyalik Fyodor Emelyanenko kabi jahon yulduzlari faxriy mehmon sifatida taklif etilgan.
Shuningdek, jang kechasi oldidan o‘zbek shou-biznesining taniqli yulduzlari “Bolalar” guruhi, Ravshan Sobirov, Sevara Nazarxonlar o‘z chiqishlari bilan muxlislarni hushnud etishadi.
Bundan tashqari mazkur tadbirga xorij estrada yulduzi ham tashrif buyurishi kutilmoqda. Uning kimligi hozircha sir saqlanmoqda.
Tadbir chiptalari 21 avgustdan boshlab “Bunyodkor” stadioni kassalarida sotuvga chiqarilgan. Chiptalar narxi tribunalardagi joylarga qarab 50 ming so‘mdan boshlanadi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi