Mana, buyog‘iga juda oz fursat qolmoqda...
Yana 9 kundan keyin Chin yurtida Xitoy hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi JCh-2018 saralash uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Undan 5 kun o‘tib esa, Toshkentda Samvel Babayan shogirdlari Qit’amiz etakchisi Janubiy Koreya futbolchilarini kutib olishadi. Hali bu uchrashuvlar haqida juda ko‘p yozamiz.
O‘yinlarning salmog‘i va ahamiyatini sizga juda ayon - o‘rtada Jahon chempionati yo‘llanmasi turibdi.
To‘g‘ri, O‘zbekiston terma guruhda 3-o‘rinni olgan taqdirda ham kurashni davom ettiradi, ammo ishni keyingi qoldirmaslik haqida xalqimizda ajoyib maqollar bor. Boz ustiga termamiz undan keyingi bosqichdan o‘ta olmagan.
Xullas, bugun raqiblarimiz lagerida bo‘layotgan ma’lumotlar bilan qiziqdik.
Seul shahrida chop etiladigan bir qator gazetalar Janubiy Koreya termasining Eron hamda O‘zbekistonga qarshi o‘yinlari atrofida keng to‘xtalib o‘tgan. Hatto aksariyati hozirgi termani keskin tanqid ostiga olgan.
Jumladan, Koreya milliy terma jamoasi safiga 38 yoshli veteran futbolchi - Li Don Guk qaytganligi ma’lum bo‘ldi. U barcha terma jamoa futbolchilariga qarata quyidagicha murojaat qilibdi.
"Men oxirgi paytlar terma jamoamiz futbolchilarini kuzata turib, bir narsani sezdim: ular vatan uchun kuyunmay qo‘yishibdi.
Bilib qo‘ying, terma jamoa g‘alaba qozonishi uchun barcha bir yoqadan bosh chiqarishi kerak, aks holda foydasi yo‘q. natija bo‘lmaydi.
Mamlakat bosh jamoasining eshiklari hamma uchun ochiq, ammo unda faqat munosiblar o‘ynashi - ko‘zi yonadiganlar kerak.
Eronga qarshi bizga oson bo‘lmaydi. Umuman, Toshkentda ham bizni qiyin o‘yin kutmoqda. Biz ikkisini ham yutishimiz kerak.
Oldimizda bitta yo‘l bor: yigitlar, Eron va O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarda barchangiz maydonda "o‘ligingizni" tashlang!", - deydi Don Guk jamoadoshlarini ruxlantirib.
Xulosa o‘zingizdan...
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi