23:07 / 22.08.2017
5 296

OChL: «Shanxay SIPG» «Guanjou Evergrand»ni yanchib tashladi

OChL: «Shanxay SIPG» «Guanjou Evergrand»ni yanchib tashladi
Osiyo chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan. Xitoyning ikki grandi «Shanxay SIPG» hamda «Guanjou Evergrand» o‘rtasidagi bahs o‘z poyoniga etdi.
Qiziqarli kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda shanxayliklar yirik - 4:0 hisobidagi g‘alabaga erishishdi. Xalk 39 daqiqada penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi taymning so‘nggi daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda «Shanxay SIPG» sardori Vang Shenchao oradagi farqni ikkitaga etkazdi.

Ikkinchi bo‘limning 62 daqiqasida Lu Ley Xalkning ajoyib pasidan so‘ngi kuchli zarbasi evaziga hisobni yiriklashtirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas yana o‘sha Vu Ley yana Xalkning uzatmasidan so‘ngi yakuniy hisobni o‘rnatdi, 4:0.

Aytib o‘tish joiz mazkur o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘liq harakat qildi va jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.

«ShANXAY SIPG» (XITOY)-«GUANJOU EVERGRAND» (XITOY)-4:0 (2:0)

22 avgust. Shanxay. Shanghai stadioni. 36503 tomoshabin.
Hakam: Navaf Shukrulla (Baxrayn).

Gollar: Xalk (39-pen.), Vang Shenchao (45+1), Vu Ley (62, 65).

Shanxay SIPG: Yan Junlin, Vang Shenchao (Zang Vey, 90+3), Kay Xuikang, Vu Ley (Yu Xay, 87), Oskar, Xalk, Lyu Venjun (Elkeson, 57), Fu Xuan, Odil Ahmedov, Shi Ke, Xe Guan.

Guanjou Evergrand: Zeng Cheng, Liao Lisheng, Zang Linpeng, Feng Xiaoting (Vang Shangyuan, 46), Alan (Luis Konseysao, 63), Zeng Chi, Rikkardo Gulart, Zeng Long (Yu Xanchao, 46), Kim Yong Gvon, Gao Lin, Li Xuepeng.

Ogohlantirishlar: Xe Guan (41), Fu Xuan (89) – Vang Shangyuan (79).
Eng yaxshi o‘yinchi: Vu Ley (Shanxay SIPG).


Manba: www.iff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OChL: «Shanxay SIPG» «Guanjou Evergrand»ni yanchib tashladi