Odil Ahmedov: Menga O‘zbekiston termasi tarixida eng tezkor gol urganimni aytishdi

“Krasnodar” klubi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov o‘z jamoasi rasmiy veb saytiga intervyu berib o‘tdi.
- Odin, endi siz O‘zbekiston termasi sardorisiz. Ushbu ishonchni qanday qabul qildingiz?
- Men avval vise-sardor edim. Yaqinda termamizga yangi bosh murabbiy tayinlandi va u menga sardorlik vazifasini topshirdi. Yigitlar meni nomimni qo‘llab ovoz berishibdi. Endi bu ishonchni oqlashim kerak bo‘ladi.
- Filippiinga qarshi o‘yinda siz ilk daqiqalarda darvozani ishg‘ol qildingiz. Faoliyatingizda yana shunaqa tez gol urganmisiz?
- Yo‘q, bu birinchi marta bo‘ldi. Biz ilk daqiqalardan boshlab hujumga o‘tdik va to‘pni olib qo‘ydik. Jarima maydonchasi tashqarisida menga to‘p kelib tushdi va uni tepishga qaror qildim. Darvozabon bu zarbaga tayyor emasdi va shu tariqa hisobni ochdik. O‘yindan keyin menga O‘zbekiston termasi tarixidagi eng tezkor golni kiritganimni aytishdi.
- Uchta turdan keyin O‘zbekiston termasi ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoaning rejasi bundan ham yuqoriroq bo‘lsa kerak?!
- Albatta, biz birinchi o‘rinni olib, keyingi bosqichga chiqishni o‘z oldimizga vazifa qilib belgilaganmiz. Faqat 1-o‘rin sohibiga keyingi bosqich masalasi kafolatli. Hozir biz KXDRga 3 ochko boy beryapmiz, lekin hali ularni Toshkentda qabul qilamiz. Bundan tashqari, Shimoliy koreyaliklar boshqa raqiblar bilan o‘yinda ham ochko yo‘qotishlari mumkin. Muhimi, o‘zimiz endi ochko yo‘qotmasligimiz lozim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing