
Raqib yutsa qandayin kulay?
Dardim qanday oromga ulay?
Eronga men mayli qul bo‘lay
Gar yutqizsang seni na qilay?
Rossiyada visoling ko‘ray
Koreyadan g‘alabang so‘ray
Xitoydan ham mag‘lublik tilay
Gar yutqazsang seni na qilay?
Sabrim tog‘i nuray boshlasa
Ochkolaring ko‘zim yoshlasa
Suriya ham qarmoq tashlasa
Gar yutqazsang seni na qilay?
Klub yo‘qmi muxlis bo‘lmoqqa?
G‘alabingdan o‘ynab-kulmoqqa?
Yevropaga shart yo‘l olmoqqa…
Aslo toqat qilmam tonmoqqa
Aslo toqat qilmam tonmoqqa
Gar yutqazsang seni na qilay?
Rossiyada visoling ko‘ray
Koreyadan g‘alabang so‘ray
Xitoydan ham mag‘lublik tilay
Gar yutqazsang seni na qilay?
Muallif Abror Zoxidov
Manba: fayzbog’.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar