12 karra jahon chempioni Floyd Meyvezer Konor Makgregor ustidan g‘alabadan keyin intervyu berdi. Las-Vegasda o‘tkazilgan ushbu jangning 10-raundida arbitr amerikalik bokschiga texnik nokaut bilan g‘alaba berdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Bu juda qiyin va munosib raqib bo‘ldi. U men o‘ylaganimdan ham yaxshiroq jang qildi. O‘ylaymanki, tomoshabinlar o‘zlari kutganidek jangga guvoh bo‘lishdi. Jangning birinchi qismida men ishonchli harakat qilmadimmi? Bu mening rejam edi, jang boshiga shunday taktika tanlagandim. Yettinchi raundda raqib charchaganini ko‘rdim va kuchli zarbalar berishni boshladim.
Men hammaga bu jangda muddatidan oldin g‘alaba qozonishga va’da bergandim va bu va’dam ustidan chiqdim. Bu mening oxirgi jangim edi. Men oxirgi raqsim uchun munosib sherik tanladim», — degan Meyvezer jangdan keyin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...