Kecha, 26 avgust kuni Madridning “Real” klubining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga xakerlar tomonidan hujum uyushtirildi, deb yozmoqda «Qalampir.uz» sayti.
Sahifani buzib kirishni uddalagan “kompyuter qaroqchilari” “Real” klubi “Barselona” hujumchisi Lionel Messini sotib olgani haqida yolg‘on xabarni qoldirishgan.
Shuningdek, xabarga Messi tomonidan “Real” darvozasiga urilgan so‘nggi golning videosi ham “tirkab” qo‘yilgan. Ushbu yangilikni bir soat davomida 28 ming nafar internet foydalanuvchilari o‘qishga ulgurishgan.
Xabar joylanganidan so‘ng oradan ikki soat o‘tib, mazkur ma’lumot “Real” sahifasidan o‘chirildi. Hujum javobgarligini “Our–Mine” xakerlik guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining “Our–Mine” xakerlik guruhi “Barselona” jamoasining Twitter sahifasini buzib kirib, “PSJ” yarim himoyachisi Anxel Di Mariyani kataloniyaliklar safiga qo‘shilgani haqidagi xabarni joylashtirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...