Avval xabar berib o‘tganimizdek, joriy yilning 31 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2018 saralash uchinchi bosqichi doirasida Xitoy terma jamoasiga qarshi safarda maydonga tushadi.
Mazkur uchrashuv to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun yo‘lida o‘zining dolzarbligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Bilasizki, 31 avgust kuni soat 16:00 dan O‘zbekistonn mustaqilligining 26 yillik bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar boshlanadi. Xitoy – O‘zbekiston o‘yini esa Toshkent vaqti bilan soat 17:00 ga belgilangandi.
Biroq Xitoy – O‘zbekiston uchrashuvi “Sport” telekanali orqali bayram tantanalari tugashi bilan 18:30 da yozib olingan holda, soat 18:30 da efirga uzatiladi. Efir vaqtiga o‘zgartirishlar kiritilishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 31 avgust kuni safarda Xitoyga qarshi maydonga tushgandan keyin 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreyani qabul qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichi 8-turidan keyin 12 ochko to‘plab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘llanma uchun kurashda 2-o‘rindagi Janubiy Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.
Manba: www.uzbekistan24.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”