
Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbek bokschilari o‘z ishtiroklarini davom ettirmoqda. Vakillarimiz ishtirokida kunduzgi dasturdan o‘rin olgan so‘nggi qarama-qarshilikda Sanjar Tursunov yarim final uchun ringga ko‘tarildi.
Unga chorak finalda Ukrainada o‘tgan Yevropa chempionati bronza medali sohibi gollandiyalik Roy Korving raqiblik qildi. Qiziqarli kechgan bellashuvda hamyurtimiz to‘liq ustunlik bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Tursunov bunga qadar ikkita jang o‘tkazib, har ikkalasini ham ishonchli g‘alaba bilan yakunlagan edi.
Manba: sports.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar