Germaniyaning Hamburg shahrida o‘tayotgan AIBA shafeligi ostidagi har ikki yilda bir marta tashkillashtiriladigan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorakfinal uchrashuvlariga yakun yasaldi.
10 vazn toifasidan 9 tasida bokschilarimiz yarimfinal yo‘llanmasi uchun kurashganidan xabaringiz bor. Bokschilarimizdan 6 nafari chorakfinalda raqiblarini dog‘da qoldirib, yarimfinal yo‘llanmasini hal qilgan bo‘lsa, 60 kg vaznda Elnur Abduraimov, 75 kg vaznda Isroil Madrimov, 91+ kg vaznda Bahodir Jalolov musobaqani chorak finaldan yakunlashga majbur bo‘lishdi.
Endi sizlarni yarimfinalga yo‘llanma olgan bokschilarimizning raqibi kim bo‘lishi va janglar qaysi vaqtda o‘tkazilishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtiramiz.
49 kg. Yarimfinal. 31 avgust, 21:15
Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Yuberxen Martines (Kolumbiya)
Narigi juftlik:
Xoanis Argilagos (Kuba) - Jo‘mart Erjan (Qozog‘iston)
52 kg. Yarimfinal. 1 sentyabr. 21:15
Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) - Kim In-Kyu (Janubiy Koreya)
Narigi juftlik:
Yosvani Veitia (Kuba) - Tamir Galanov (Rossiya)
64 kg. Yarimfinal. 31 avgust. 22:00
Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Freudis Roxas (AQSh)
Narigi juftlik:
Hovhannes Bachkov (Armaniston) - Endi Kruz Gomes (Kuba)
69 kg. Yarimfinal. 1 sentyabr. 22:00
Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Ablayxan Jussupov (Qozog‘iston)
Narigi juftlik:
Abbas Barau (Germaniya) - Roinel Iglesias (Kuba)
81 kg. Yarimfinal. 1 sentyabr. 22:45
Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Joi Uord (Irlandiya)
Narigi juftlik:
Xulio Sezar La Kruz (Kuba) - Karlos Andres Mina (Ekvador)
91 kg. Yarimfinal. 31 avgust 23:00
Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) - Yevgeniy Tishchenko (Rossiya)
Narigi juftlik:
Vasiliy Levit (Qozog‘iston) - Erislandi Savon (Kuba)
P.S. Yarimfinalda ishtirok etayotgan davlatlarning bokschilari soni:
Kuba — 7;
Qozog‘iston va O‘zbekiston — 6;
AQSh, Ozarboyjon va Rossiya — 2;
Avstraliya, Angliya, Armaniston, Germaniya, Gurjiston, Janubiy Koreya, Irlandiya, Kamerun, Kolumbiya, Mo‘g‘uliston, Ukraina, Fransiya, Hindiston, Ekvador — 1.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”