5 795
Xitoy — O‘zbekiston uchrashuvini 10 yillik tanaffusdan keyin Xayrulla Hamidov sharhlaydi
31 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Xitoyga qarshi o‘yinini sharhlovchi Xayrulla Hamidov sharhlab boradi. Bu haqdagi savolga Hamidov ijobiy javob qaytardi. Sharhda, shuningdek, Dilshodbek To‘xtabekov ishtirok etadi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Xitoy — O‘zbekiston o‘yini Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi. «Sport» telekanali esa translyatsiyani 1 soat oldinroq boshlashni rejalashtirgan. O‘yinga qadar studiya orqali muhokama bo‘ladi, unda taniqli mutaxassislarning ishtirok etishi kutilmoqda.
Xayrulla Hamidov so‘nggi bor 2007 yil O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinni sharhlab borgandi. Uning ayniqsa Kuvaytga qarshi irodali g‘alaba bilan yakuniga yetgan (3:2) o‘yin sharhi, JCh saralashlari doirasidagi esdan chiqmaydigan Bahrayn bilan to‘qnashuv vaqtidagi sharhlari o‘zbekistonlik futbol muxlislarining yodida saqlanib qolgan.
«Sport»dagi manbaning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, telekanal jurnalist Farrux Rasulovni milliy terma jamoa bilan Xitoyga yuborgan. O‘yin kuni Rasulov hamda Toshkentdagi studiya o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tadi va futbolchilarning o‘yinoldi holati borasida savol-javob bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda