Bugun, 30 avgust kuni Xitoy - O‘zbekiston o‘rtasidagi JCh-2018 saralash uchrashuvidan oldin xitoyliklar bosh murabbiyi Marchello Lippi ishtirokida matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi.
"Barcha futbolchilarimiz o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Yigitlarning kayfiyati yaxshi. Hal qiluvchi o‘yinlarni o‘tkazyapmiz, biroq ertangi uchrashuvni yaxshi o‘tkazish uchun qo‘limizdan kelgan bor ishni qilamiz.
Jamoamning texnik-taktik darajasidan ko‘nglim to‘q. Ayni damda O‘zbekiston terma jamoasida 12 ochko bor va ular mundialga chiqish uchun yaqin turishibdi. Ularning so‘nggi uchrashuvi raqiblarimiz qanchalik kuchli ekanligini anglatib turibdi. O‘zbekistonning futbolchilari ham jamoaga yarasha kuchli. Ertaga yaxshi o‘yin ko‘rsatib, ularning himoyachini yorib o‘tishga harakat qilamiz.
JCh-2018 uchun kurashni davom ettirishni istasak faqat g‘alaba qozonishimiz kerak" - deydi Lippi.
Matbuot-anjumanida Xitoy terma jamoasi sardori Jang Ji ham ishtirok etdi.
"Hamma bu uchrashuvni sabrsizlik bilan kutmoqda. Ertangi uchrashuvi biz uchun juda muhim. Shu sababli bu o‘yinda bor kuchimizni ishga solamiz" - deydi Xitoy terma jamoasi sardori.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda