20:37 / 31.08.2017
6 045

Odil Ahmedov: Oxirgi o‘yinda yo g‘alaba qozonish, yoki futbol o‘ynashni yig‘ishtirish kerak

Odil Ahmedov: Oxirgi o‘yinda yo g‘alaba qozonish, yoki futbol o‘ynashni yig‘ishtirish kerak
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov JCh saralashi doirasida Xitoyga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng (1:0) ancha keskin ruhda fikr bildirdi.

"Bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Ammo qancha 100 foizlik vaziyatlardan foydalana olmadik.

Endi oxirgi shans (imkoniyat) qoldi. Janubiy Koreya bilan bo‘ladigan o‘yinda yo g‘alaba qozonishimiz kerak, yoki futbol o‘ynashni umuman yig‘ishtirib qo‘yishimiz kerak. Biz muxlislardan qarzmiz, o‘sha qarzni uzishimiz shart", - deydi Odil Ahmedov.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya o‘z maydonida Eron bilan durang o‘ynadi (0:0). Suriya terma jamoasi esa Qatarni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi bahsda Janubiy Koreyani mag‘lub etgan taqdirda ham Suriya termasi Eron ustidan g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘l oladi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Ahmedov: Oxirgi o‘yinda yo g‘alaba qozonish, yoki futbol o‘ynashni yig‘ishtirish kerak