Xabar berganimizdek, 30-31 avgust kunlari Xitoyning Shanxay shahrida OFKning “Elit murabbiylar forumi” bo‘lib o‘tdi.
Qit’amizda faoliyat olib borayotgan eng yetakchi deya e’tirof etilgan 14 nafar murabbiy qatnashgan mazkur forumda Osiyo futbolining kelajagi muhokama etildi.
Xususan, Osiyo Chempionlar Ligasi Yevropa Chempionlar Ligasi bilan solishtirilib, ko‘xna qit’aning eng nufuzli musobaqasidan OChL qaysi jihatlarda ortda qolayotgani, qit’amizning klublar miqyosidagi eng yirik musobaqasini yanada rivojlantirish uchun yana qanday ishlar amalga oshirilishi lozimligi kun tartibidagi asosiy masala bo‘ldi.
Shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasida videotakrorlardan foydalanish, darvoza chizig‘i hakamlari faoliyatini yanada takomillashtirish borasida ham so‘z yuritildi.
Ushbu nufuzli forumda O‘zbekiston chempioni – “Lokomotiv” jamoasi ustozi Mirko Yelichich ham ishtirok etdi.
“OFK elit murabbiylari forumi” qatnashchilari ro‘yxati:
Fabio Kapello – Jiangsu Suning (Xitoy)
Feliks Magat – Shandong Luneng (Xitoy)
Gus Poye – Shanxay Shenhua (Xitoy)
Dragan Stoykovich – Guanchjou R&F (Xitoy)
Andre Villash-Boash – Shanxay SIPG (Xitoy)
Ju Guangyu – Xitoy terma jamoasi sobiq ustozi (Xitoy)
Fu Bo – Guanchjou Evergrand yordamchi murabbiyi (Xitoy)
Choy Kang-Hi – Chonbuk Motors (J. Koreya)
Hvang Sun-Hong – Seul (J. Koreya)
Shimotaira Takahiro – Kashiva Reysol (Yaponiya)
Kevin Maskat – Melburn Viktori (Avstraliya)
Mirko Yelichich – Lokomotiv (O‘zbekiston)
Alirizo Mansurian – Istiqlol (Eron)
Kristian Gross – Al Ahli sobiq ustozi (S. Arabistoni)
Manba: www.lokomotiv.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda