08:31 / 01.09.2017
7 179

«Paxtakor» aksiyalarining 80 foizi investorga sotiladi

«Paxtakor» aksiyalarining 80 foizi investorga sotiladi
«PAXTAKOR» sport-mashg‘ulot o‘quv markazi» MChJ va «PAXTAKOR TENNIS ASE» MChJ «PAXTAKOR» futbol klubi»ga birlashtiriladi. Keyinchalik uning ustav jamg‘armasidagi 80 foizlik ulush «SFI Management Group» XK MChJga «nol» xarid qiymatida sotiladi, 20 foizi esa poytaxt hokimligida qoladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining «Paxtakor» futbol klubining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida keltirilgan.

Shartnomaga ko‘ra, investor binolar va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlashni amalga oshirishi, ularni xalqaro standartlar talablariga muvofiq keltirishi shart hisoblanadi. Investitsiya majburiyatlarining umumiy hajmi – kamida 200 mlrd so‘m bo‘lib, ular biznes-rejalarga muvofiq 5 yil mobaynida amalga oshiriladi.

Investor faqat o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq bajargandan keyin ustav jamg‘armasidagi o‘z ulushini tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladi. Ungacha investorning sotib olgan ulushiga bo‘lgan huquqi «tasarruf etish huquqisiz» qaydi bilan mulk huquqiga sertifikat bilan tasdiqlanadi.

Shuningdek, hujjat bilan ayrim tashkiliy masalalar tartibga solingan hamda «PAXTAKOR» futbol klubi» MChJga va u tomondan jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga imtiyozlar taqdim etilgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» aksiyalarining 80 foizi investorga sotiladi