23:40 / 03.09.2017
3 865

Mag‘lubiyatli o‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan bildirilgan qiziqarli fikrlar

Mag‘lubiyatli o‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan bildirilgan qiziqarli fikrlar
31-avgust kuni 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon Chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun O‘zbekiston terma jamoasining Xitoyga qarshi kechgan mag‘lubiyatli o‘yinidan so‘ng ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘plab qiziqarli, alamli, kulguli va yurakni o‘rtovchi postlar qoldirildi. E’tiboringizga ularning ayrimlarini taqdim etamiz.

Twitter foydalanuvchilari tomonidan qoldirilgan tvitlar:

@MuzaffarQosimov
Tiz cho‘kib muxlislardan kechirim so‘rashi kerak federatsiya va Babayan. Ishni oxiriga yetkazib qo‘yish uchun imkoniyat berishgan shu iplosyanga.

@Axmedov_AZ

Sen MTJ ga murabbiy bo‘lgan kuning omad bizni jamoadan ko‘ch-ko‘ronini yig‘ishtirib ketgan, sendayam bet bormi? Sendayam vijdon degan narsa bormi???? (Kimga qaratilganini sezdingiz)

@Usmon_IX
Eng oxirgi o‘rindagi jamoaga ham mag‘lub bo‘lamiz-da, yana Jahon Chempionatiga chiqamiz, deb yuramiz… Qiziq xalqmiz o‘zi…

@hamzaevr
Maykl Jekson— O‘zbek, desanglar ishonamanu, (Babayan va MUZ) O‘zbekiston Koreyadan 3 ochko ololadi, desanglar, *** ishonmayman))))

@ovchi_uz
Kayfiyatimi it quvib yuribdi.. Nahot, Koreyani yutibam chiqa olmaydigan holatdamiz a?.. Xommom bilan traktorga o‘t qo‘ymoq istayapti bu ko‘ngil..

@Samarqandiy
Aeroportdan to‘g‘ri Jizzaxni Gagariniga paxta terishga yuborish kerak bularni. O‘qituvchilardan foyda bor, ammo futbolchilardan foyda yo‘q.

@MuzaffarQosimov
Bayram kayfiyatini nol qildi ыploslar. Futbol o‘ynamay o‘lish… babayan yo‘qolsin!!!! Yo‘qolib ketsin, Sergeyevini olib qaytib ko‘zimizga ko‘rinishma.

@Aslanov_K
Beshta Denisov, beshta Shomurodov bo‘lganida yutardik..

@Samarqandiy
Ha, aytgancha! Mobodo bugun yutib qo‘yganimizda edi, chiptafurushlarning ishlari yurishib ketardi. Bizdan ko‘ra ular ko‘proq igna ustida o‘tirganday.

@Bek_Sohib
Bunday vaziyatdan gol urolmaslik uchun nafaqat Sergeyev bo‘lish kerak, shu bilan birga Babayan qo‘l ostida shug‘ullangan bo‘lish ham kerak.

@yoshulli_
Sergeyevning bu xatosi uning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini pasaytirib yuboradi…

@gold_uzbek
Nesterov g‘alati seyvlari minan yoshligimni eslatvoryapti. Ming bora shukrkim, chaqaloqligimdayam Sergeyevchalik ko‘p o‘tirip qo‘ymaganman! ©
@sherabdugapirov
Lippi murabbiylik qilayotgan jamoaga qarshi murabbiysi yo‘q jamoa shunchalik o‘ynaydi-da endi, hadeb so‘kavermanglar!

Facebook ijtimoiy tarmog‘i a’zolarining bildirgan fikrlari:
—Bilasanmi, og‘ayni, o‘zbek futbol muxlislari shu kunlarda kimni eng ko‘p eslashyapti?
—Babayanni bo‘lsa kerak-da?
—Topolmading, ammo yaqin kelding. O‘zini emas, onasini.

Hamidbek Yusupov
***
Samvel, ko‘rdingmi? O‘yiningni yashirding, ammo Lippi seni baribir teshdi!

Bobomurod Abdulla
***
11-ta qo‘chqor bor, arzon ????

Said Komil Xolxo‘jayev
***
9-ta o‘yin, 5-ta mag‘lubiyat. Asabiylashishga ham mador qolmadi… Negaki, Eronga boy berilgan o‘sha kuni amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishning federatsiya tomonidan inkor etilishi oqibatida asab tomirlari tamoman yeb tugatilgan edi.

Temurmalik Tojiddinzoda
***
Dastlabki 45 daqiqada Igor Sergeyev gol urish uyoqda tursin, aqalli biror marotaba to‘pga tegina olmadi.
Ikkinchi taym boshidayoq oyog‘iga to‘p tegdi… darvozadan atiga besh metr masofadan.. hech kim halaqit ham bermayotgandi. Lekin afsus…
Shundoq xujumchini maydonga tushirgan murabbiyni kim deyish mumkin?!

Azizullo Muhammadrizo
***
— Dima aka, eshakni terisi qalinmi yo chuchqaniki?»
— Manimcha, ikkalasidanam futbolchilarimiz terisi qalinroq-ov…

Dima Qayum

Manba: fayzbog.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mag‘lubiyatli o‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan bildirilgan qiziqarli fikrlar