21:04 / 04.09.2017
4 743

Samvel Babayan: Ertaga maydonning har qarichi uchun kurashamiz

Samvel Babayan: Ertaga maydonning har qarichi uchun kurashamiz
Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida O‘zbekiston hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi matbuot-anjumani boshlandi.
Dastlab savollarga Samvel Babayan javob qaytaradi.

"Ertaga bizni muhim o‘yin kutib turibdi. Maydonning har bir qarichi uchun kurash olib boramiz", - deya gap boshladi O‘zbekiston murabbiyi.

"Afsuski, Xitoydan yutqazishimiz kerak emasdi. Men shu kungacha jim keldim diplomatiyani saqlab, ammo o‘sha kuni hakam uncha saviya bilan boshqarmadi o‘yinni. Bu o‘yinning ilk daqiqalaridanoq bilinib turdi. Bilmadim hakamning saviyasi pastmi yoki boshqa sabab bormi? Ammo hakam o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatdi".

"Nega 85-daqiqadan keyin gol o‘tkazib yuboramiz, degan savolingizga javob berar ekanman shuni aytishim mumkinki, biz o‘yin oxirlarida e’tiborni yo‘qotib qo‘yyapmiz. Bu safar bunaqa bo‘lmasligi uchun kurash olib boramiz.

Men hujumchilarimizni bir vaqtning o‘zida hujum qilishi va jamoadoshlariga yordam berishi kerak deb hisoblayman. Krimetsga kelsak: u o‘z jamoasining dublyorlar tarkibida doimiy ravishda o‘ynab kelmoqda.

Yigitlar ahvolimizni tushunib turishibdi. Ular maydonda borlarini berishadi. Ertaga vasvasaga tushmasdan, bo‘ladigan o‘yin ko‘rsatamiz.

Mening iste’fomga kelsak: bu qarorni O‘FF rahbarlari qabul qiladi. Men har qanday qarorga tayyorman.

Sardor Rashidovning ovqatdan zaxarlanishiga kelsak: bu nafaqat u bilan bog‘liq masala, balki boshqalarga ham ta’sir qildi. Ertaga kim tushishini zahira o‘rindig‘iga qarab hal qilamiz", - deydi Samvel Babayan.

Shu bilan uning ishtiroki tugadi.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: Ertaga maydonning har qarichi uchun kurashamiz