Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi.
"Bunyodkor" stadionida kechadigan bahs soat 20:00da boshlanadi. Hozir barchamizning e’tiborimiz mana shu bahsga qaratilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi o‘yindan so‘ng jahon chempionatiga borish-bormaslik masalasi deyarli hal bo‘ladi.
Muxlislarimiz bugun faqat va faqat g‘alaba kutishmoqda. Shundagina biz uchun jahon chempionati eshiklari ochiladi. Yaqin o‘tmishning mohir yarim himoyachilaridan biri Muxtor Qurbonov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida bugungi o‘yin oldidan o‘z fikrini aytib o‘tdi:
- "Janubiy Koreya 5-10 yil oldingi jamoa emas. Ular bilan hozir bemalol o‘ynasa bo‘ladi. Agar Samvel Babayan oxirgi o‘yin uchun tarkib tanlashda adashmasa va hadeb Sergeyevga o‘xshaganlarni maydonga tushiravermay, jon kuydirib yuguradiganlarni o‘ynatsa natija bo‘lishiga ishonaman. Bu oxirgi o‘yin va oxirgi imkoniyat. Har bir futbolchi jonini berib o‘ynashi shart".
Shuningdek, Muxtor Qurbonov safarda Xitoy bilan bo‘lgan bahs haqida ham fikr bildirdi:
- "Xitoy bilan o‘yinda yana tarkib tanlashda xatolik bo‘ldi. Igor Sergeyevning o‘rniga boshqa futbolchilar ham bor edi. Masalan, Ivan Nagayevni chaqirishsa bo‘lardi. Baribir bitta tarkibni hadeb o‘yinga tushiravermasdan chiqmagan jondan umid deya bir-ikkita o‘zgarishlarni qilib turish kerak. Shundagina umid qilsa bo‘ladi".
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi