00:20 / 06.09.2017
5 107

Babayan jurnalistlarning savollariga javob berishdan bosh tortib, matbuot anjumanidan qochib ketdi

Babayan jurnalistlarning savollariga javob berishdan bosh tortib, matbuot anjumanidan qochib ketdi
JCh–2018 turniriga saralash bosqichi so‘nggi – 10-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Janubiy Koreya (0:0) uchrashuvidan keyin Samvel Babayan matbuot anjumaniga keldi. Ammo u matbuot anjumanini brifingga aylantirib, qisqacha chiqish qilgan.

«Bugungi o‘yinni hamma ko‘rdi deb o‘ylayman. Bugun biz uchun so‘nggi imkoniyat edi. Afsuski, biz ushbu imkoniyatdan foydalana olmadik. Imkoniyatdan foydalanish uchun bizga atigi bir nechta durang yetishmadi. Men ikki yil avval terma jamoasi JChning 2-saralash bosqichida qabul qilib olgandim. Qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Mendan keyin keladigan murabbiy ko‘proq ishlashi kerak bo‘ladi. Qachondir bizga muvaffaqiyat uchun nima yetishmaganini aytarman. Hozircha savollarga javob bera olmayman», degan u.

Shundan so‘ng, u jurnalistlarning savollariga javob berishdan qochib, noroziliklarga qaramasdan, matbuot anjumanini tark etgan.

«Kun.uz» muxbirlarining ma’lumot berishicha, jurnalistlar uni «pozor» («sharmanda») deya kuzatib qo‘yishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Babayan jurnalistlarning savollariga javob berishdan bosh tortib, matbuot anjumanidan qochib ketdi