Aleksandr Geynrix terma jamoa bilan xayrlashdi

Aleksandr Geynrix terma jamoa bilan xayrlashdi
Kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston - Janubiy Koreya bahsi Aleksandr Geynrix uchun terma jamoadagi oxirgi o‘yin bo‘ldi. Bu haqda «Championat.asia» nashri xabar berdi.

Bu gapni hujumchi o‘yindan so‘ng avtobusga chiqayotganida aytgan: - "Bugungi o‘yin men uchun oxirgisi bo‘ldi. Barcha ishqibozlarga rahmat aytaman".

Eslatib o‘tamiz, kecha o‘tkazilgan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyani yenga olmadi, natijada jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar