14:47 / 06.09.2017
4 648

Mag‘lubiyatning moddiy zarari hisoblab chiqildi. Babayan uchun javobgar bo‘lganlar endi javob bersin!

Mag‘lubiyatning moddiy zarari hisoblab chiqildi. Babayan uchun javobgar bo‘lganlar endi javob bersin!
O‘zbekiston-Koreya 0:0! O‘yin hakami yakunlovchi hushtakni chaldi, “muxlislar ko‘z o‘ngida jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritolmadik, uchinchi o‘rinda qoldik” deb Odil Ahmedov alam ko‘z yoshlarini to‘kdi. Bir necha daqiqadan so‘ng Suriya Eronga ikkinchi golni urib, Eron-Suriya o‘yinida hisobni 2:2 ga yetkazdi. Biz guruhda yakuniy to‘rtinchi pog‘onadamiz…

Bu soatdan keyin Babayan haqida gap gapirishning foydasi yo‘q. O‘lganning ustiga tepishga o‘xshaydi bu. O‘zbek futbolida Samvel Babayan “o‘ldi”, bu fakt. Xalqning, millatning buncha nafratiga “sazovor” bo‘lish har kimga ham emas… Avvalroq Suriya mag‘lubiyatidan keyin birinchi bo‘lib bong urdik, Babayan ketishi kerak bu jamoadan deya. Igor Shkvirinni tezlik bilan ishni o‘z qo‘liga ola oladigan murabbiy deb, mutasaddilarimizga tavsiyada ham bo‘ldik. Trenerning urug‘i qurigan bo‘lsa ham Babayanni terma jamoadan uzoqlashtirish kerak! deb jon kuydirdik. Xitoydan keyin pichoq suyakka keldi: Janubiy Koreya o‘yinida Babayandan kechmasa bo‘lmaydi! deb yana hayqirdik.. Endi Babayan masalasi qolmadi.

O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatidan mosuvo bo‘ldi. O‘zbekistondagi millionlab muxlislarning umidlari chilparchin bo‘ldi. O‘nlab iste’dodli yigitlarimiz jahon chempionatida qatnashish sharafiga muyassar bo‘la olmasdan futbolni tark etishadi… Agar O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritganda jamiyatda voqe’ bo‘ladigan ijobiy energiya va millatning birlashuvini o‘n yillab ma’naviy tadbirlar o‘tkazib yaratib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda ishchi-xizmatchilarning foydali ish koeffitsiyenti o‘sish darajasini taxmin qilish ham qiyin bo‘lardi. Bu nuqtai nazardan mag‘lubiyatga teng bo‘lgan durang O‘zbekistonga milliardlab zarar berganini ham ko‘rish mumkin.
Javobgar Babayanmi?? Yo‘q! Babayan uchun javobgar bo‘lganlar endi javob bersin!

Manba: vodiymedia.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mag‘lubiyatning moddiy zarari hisoblab chiqildi. Babayan uchun javobgar bo‘lganlar endi javob bersin!