19:22 / 11.09.2017
5 723

Futbolimiz endi aniq «uchadi»! O‘FFga aviakompaniya bosh direktori rahbar bo‘lishi kutilmoqda

Futbolimiz endi aniq «uchadi»! O‘FFga aviakompaniya bosh direktori rahbar bo‘lishi kutilmoqda
Toshkentning ikki jamoasi «Paxtakor» va «Bunyodkor» rahbariyati vakillari Umid Ahmadjonov O‘FFda ish boshlashi mumkin.

O‘zgarishi kutilayotgan O‘FF tizimida ikki nafar yangi mutaxassis ish boshlashi kutilmoqda. Bular «Paxtakor» vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov va «Bunyodkor» klubi bosh direktori Murod Aliyev, deyiladi manba xabarida.

Hozircha, ularning qaysi lavozimlarda ishlashiga oydinlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, ertaga Radisson mehmonxonasida o‘tadigan O‘FFning hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda tashkiliy masalalar bilan birga O‘FFning yangi prezidenti ham saylanishi kutilmoqda.

Oldinroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, O‘FF prezidenti lavozimiga «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK bosh direktori Ulug‘bek Ro‘ziqulov tayinlanishi mumkinligi aytilmoqda.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbolimiz endi aniq «uchadi»! O‘FFga aviakompaniya bosh direktori rahbar bo‘lishi kutilmoqda