
UYeFA prezidenti Aleksander Cheferin «PSJ»ning Neymar va Kilian Mbappe (222 million va 180 mln yevro) transferi bo‘yicha fikr bildira turib, ularning moliyaviy feyr-pley talablari bo‘yicha jazoga tortilish imkoniyatini baholadi.
«Men Platinidek mashhurlikka intilsam, «PSJ»ni yevrokuboklardan chetlatishim kerak bo‘ladi», – degan Cheferin.
«Hech kim qonundan ustun bo‘lmaydi. Yaqin vaqt ichida biz parijliklarning transferlari bo‘yicha tekshiruvlar natijalarini ko‘rib chiqamiz. Sanksiyalar o‘ta beshafqat bo‘lishi mumkin», – deya UYeFA prezidentining tahdidona so‘zlarini keltirgan L'Equipe.
«Agar «PSJ»ning aybi isbotlansa, men bu klubni yevrokuboklardan chetlataman. Biz jazolashdan qo‘rqmaymiz», – deya qo‘shimcha qilgan sloveniyalik amaldor.
Eslatib o‘tamiz, UYeFA «PSJ»ning moliyaviy feyr-pley qoidalari talablariga qanchalik amalga qilgani bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar