Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Parij va Los-Anjeles shaharlarini 2024 va 2028 yilgi yozgi Olimpiadalar mezbon shaharlari sifatida tasdiqladi. 13 sentyabrda XOQning Limada o‘tgan 131-sessiyasida o‘yinlar o‘tkazilishini taqsimlash bo‘yicha “rasmiy ovoz berish” bo‘lib o‘tdi.
Qaror bir ovozdan qabul qilindi. Bo‘lg‘usi Olimpiadalar o‘tadigan shaharlar nomini XOQ prezidenti Tomas Bax e’lon qildi, bu vaqtda uning yonida Parij va Los-Anjeles merlari turgandilar. Bu shaharlar, shuningdek, Paralimpiadani o‘tkazish huquqini ham avtomatik ravishda oldilar. Shu tariqa 2024 yilgi Olimpiada Parijda, 2028 yilgisi esa Los-Anjelesda o‘tadigan bo‘ldi.
Dastlab 2024 yilgi Olimpiadani o‘tkazish uchun 5 ta shahar da’vogarlik qilayotgandi, biroq final arizalarini faqatgina Parij va Los-Anjeles shaharlari bergan. Ikki Olimpiadaning poytaxtini bir vaqtda qabul qilish qarori XOQning yozdagi navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilingan va qo‘mitaning yuqoridagi ikki jiddiy nomzoddan birortasini yo‘qotmaslik istagi bilan shartlangandi, chunki bu shaharlar Olimpiya harakatini rivojlantirish strategiyasi Agenda-2020’ga to‘liq javob beradilar.
Bu ikki shahardan har biri Olimpiadani uchinchi marotaba qabul qiladi. Bungacha Parijda 1900 va 1924 yillardagi, Los-Anjelesda esa 1932 va 1984 yillardagi Olimpiadalar o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi Olimpiada Tokioda bo‘lib o‘tadi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas