16:37 / 14.09.2017
5 557

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 69-o‘ringa tushdi

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 69-o‘ringa tushdi
FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 511 ochko bilan o‘tgan oyga nisbatan 5 pog‘ona pasayib, 69-o‘ringa tushib ketdi.

Osiyo futbol konfederatsiyasiga (OFK) a’zo mamlakatlar orasida ham O‘zbekistonda pasayish kuzatildi - terma jamoamiz 6-o‘rindan 7-o‘ringa tushdi. Xitoy terma jamoasi bizdan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Eron terma jamoasi Osiyoda peshqadamlikni saqlab turibdi, dunyo miqyosida esa 25-o‘rinni egallagan.

FIFA reytingi (OFK bo‘yicha):
1 (25). Eron – 865 ochko;
2 (40). Yaponiya – 737 ochko;
3 (50). Avstraliya – 662 ochko;
4 (51). Janubiy Koreya – 659 ochko;
5 (53). Saudiya Arabistoni – 641 ochko;
6 (62). Xitoy – 564 ochko;
7 (69). O‘zbekiston – 511 ochko;

Umumiy reytingda Germaniya terma jamoasi birinchi o‘ringa chiqib oldi. Uni Braziliya va Portugaliya ta’qib qilmoqda.

FIFA reytingi (umumiy):
1. Germaniya – 1606
2. Braziliya – 1590
3. Portugaliya - 1386
4. Argentina – 1325
5. Belgiya - 1265

Manba: stadion.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 69-o‘ringa tushdi