
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tashkilotga a’zo terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 511 ochko bilan 69-pog‘onaga joylashdi.
Terma jamoa avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 5 o‘ringa pastladi va OFKga a’zo mamlakatlar orasida 7-o‘rinni egalladi. Eron terma jamoasi 865 ochko bilan Osiyoda peshqadamlik qilmoqda.
Kuchli uchlikdan Yaponiya (737) va Avstraliya (662) terma jamoalari joy oldi. Quyida OFKga a’zo mamlakatlarning TOP-10 ligi bilan tanishish mumkin.
1 (25). Eron – 865 ochko;
2 (40). Yaponiya – 737 ochko;
3 (50). Avstraliya – 662 ochko;
4 (51). Janubiy Koreya – 659 ochko;
5 (53). Saudiya Arabistoni – 641 ochko;
6 (62). Xitoy – 564 ochko;
7 (69). O‘zbekiston – 511 ochko;
8 (72). BAA– 480 ochko;
9 (75). Suriya – 465 ochko;
10 (85). Qatar – 406 ochko.
Germaniya terma jamoasi 1606 ochko bilan FIFA reytingida yana peshqadamlikni qo‘lga oldi. Braziliya 1590 ochko bilan ikkinchi o‘ringa pastladi. Kuchli uchlikka Portugaliya termasi (1386) yakun yasab berdi.
Manba: www.the-uff.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar