
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining yangi rahbariyati bolalar-o‘smirlar va ommaviy futbolni yanada rivojlantirish, milliy terma jamoalarning faoliyatini tubdan isloh qilish, futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati saviyasini ko‘tarish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xalq va ishqibozlar bilan muloqot ko‘priklarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilayapti.
Shu asosda federatsiyaning bo‘linmalarini qayta ko‘rib chiqish va ma’muriy apparatga yetuk muxassislarni jalb qilish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi ushbu xabar e’lon qilinganidan 10 kun o‘tib, mamlakat futbolini rivojlantirish yo‘lidagi 2018–2022 yillarga mo‘ljallangan islohotlar rejasi, O‘zbekiston futbolini yanada rivojlantirish dasturi yuzasidan jamoatchilikka ma’lumot beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar