O‘zingizga ma’lum, O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati saralash bosqichidagi mag‘lubiyati futbol muxlislarini tushkun kayfiyatga solib qo‘ydi.
Joriy yilning 12 sentyabr kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasining hisobot va saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tgani va unda O‘FFga yangi prezident — Umid Ahmadjonov bir ovozdan saylangani haqida xabar bergan edik.
Xo‘sh, federatsiyaning yangi rahbari ishni nimadan boshlaydi? O‘FF ma’muriyati futbol sportining rivojiga qanday hissa qo‘sha oladi va uning qanday marralari zabt etiladi?
Shu va shu kabi savollar barcha sport muxlislari nigohida...
Ma’lum bo‘ldiki, O‘zbekiston futbol federatsiyasining yangi rahbariyati bolalar-o‘smirlar va ommaviy futbolni yanada rivojlantirish, milliy terma jamoalarning faoliyatini tubdan isloh qilish, futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati saviyasini ko‘tarish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, aholi va ishqibozlar bilan muloqot ko‘priklarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilyapti. Bu haqda O‘FF Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu asosda federatsiyaning bo‘linmalarini qayta ko‘rib chiqish va ma’muriy apparatga yetuk muxassislarni jalb qilish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston futbol federatsiyasi ushbu xabar e’lon qilinganidan 10 kun o‘tib, mamlakat futbolini rivojlantirish yo‘lidagi 2018–2022 yillarga mo‘ljallangan islohotlar rejasi, O‘zbekiston futbolini yanada rivojlantirish dasturi yuzasidan jamoatchilikka ma’lumot beradi.
Biz federatsiyaning yangi faoliyatiga katta qiziqish bilan ishonch bildiramiz...
Manba: qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas