
O‘zbekistondagi futbol muxlislari bilan jonli muloqotda bo‘lish, mamlakatning istalgan chekkasidagi fuqarolar bilan muloqot ko‘prigini yaratish maqsadida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning virtual qabulxonasi ochilganligi haqida e’lon qiladi.
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidentining qabulxonasiga www.president.the-uff.com manzili orqali istalgan mutasaddiga istalgan mavzuda murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Murojaatlar elektron ko‘rinishda virtual qabulxona orqali yoki prezidentning [email protected] elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin.
Murojaatning maqomini (javob berilgan-berilmaganini) sayt orqali tekshirish mumkin bo‘ladi.
Virtual qabulxona orqali Bosh vazirga murojaat qilish uchun elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.
Ushbu qabulxonaning ishlash tajribasidan kelib chiqib murojaatlarni ko‘rib chiqishni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.
Manba: www.the-uff.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar